Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanga zo‘ravonlikka uchrayogan qiz holati bo‘yicha anonim murojaat kelib tushdi
Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi bir qizga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik bo‘layotgani bo‘yicha anonim murojaat kelib tushdi.

“Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasida anonim murojaatlar Vakil tomonidan ko‘rib chiqilmasligi belgilangan. Lekin, ushbu murojaatda zo‘ravonlik holati keltirilgani sababli u Ombudsman tashabbusiga ko‘ra joyiga chiqib o‘rganildi.

Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili murojaatda ko‘rsatilgan manzilga Pop tumani “Olmazor” MFYdagi xotin-qizlar faoli M.Mavjutova, IIB hudud profilaktika katta inspektori bilan birgalikda borganida ushbu xonadonda 2-guruh nogironi bo‘lgan E.O‘. ismli qiz yashashi aniqlandi. Anonim murojaatda zo‘ravonlikka uchrayotgani bayon etilgan ushbu qizning ruhiy hastaligi va qulog‘i yaxshi eshitmasligi sababli oila aʼzolari unga baland ovozda gapirishi maʼlum bo‘ldi. Qiz bilan holi tarzda suhbatlashilganda ham unga nisbatan hech qanday tazyiq, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik bo‘lmagani qayd etildi.

Murojaatni joyiga chiqib o‘rganish davomida E.O‘. 2-gurux nogironi bo‘lishiga qaramay, u tuman poliklinikasi tomonidan hech qanday tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmagani aniqlandi. Shu kunning o‘zida tibbiy ko‘rik tashkil etilib, E.O‘. va uni qaramog‘iga olgan onasi salomatligi tekshirildi.

O‘rganish davomida E.O‘ning onasi bilan ham suhbat o‘tkazilib, tegishli tavsiyalar berildi.

Hozirda 2-guruh nogironi bo‘lgan E.O‘. salomatligi nazoratga olingan va MFY mutasaddilari, IIB profilaktika inspektori, Pop tuman Nogironlar jamiyati vakillari tomonidan doimiy ravishda uning holidan xabar olib turilishi yo‘lga qo‘yildi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati