Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga yetarlicha inklyuziv sharoitlar yaratilganmi?
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va uning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan respublika bo‘ylab qator muassasa va tashkilotlarda, bino va obyektlarning nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar holati – inklyuzivligi o‘rganilmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyatida Ombudsmanning Samarqand viloyatdagi mintaqaviy vakili boshchiligida O‘zbekiston nogironlar jamiyati viloyat bo‘limi, “Yuksalish” umummilliy harakati Samarqand viloyat bo‘linmasi, Qurilish sohasida viloyat hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari ishtirokida Samarqand shahridagi qator muassasa hamda tashkilotlarda o‘rganish ishlari o‘tkazildi. Ularda asosiy eʼtibor bino va obyektlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar holati – inklyuzivligiga qaratildi.

O‘rganish davomida Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining viloyat boshqarmasi, Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi, Samarqand viloyat tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi, Davlat xizmatlari markazi hamda Samarqand viloyat yagona imtihon markazi joylashgan viloyat YHXB binolari keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Monitoring natijalariga ko‘ra tayyorlangan tegishli tavsiyalar masʼul tashkilotlarga yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi o‘rganishlar respublikamizning barcha hududlarida amalga oshirilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati