Mustaqil komissiya aʼzolarining Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan sud jarayonlarida ishtirok etishi davomida bu borada yuzaga kelayotgan va keng aholi vakillarini xavotirga solayotgan holatlar o‘rganib chiqildi hamda ularga oydinlik kiritilishini so‘rab Bosh prokuraturaga murojaat qilindi.
Murojaatda ommaviy tartibsizliklarni sodir bo‘lishida aybdor sifatida hibsga olingan 516 nafar fuqaro, hozirda ishi sudda ko‘rib chiqilayotgan 22 nafar ayblanuvchi, yopiq muassasalarda vaqtincha ushlab turilgan boshqa shaxslar, maʼmuriy javobgarlikka tortilganlar, shuningdek, tartibsizliklar vaqtida huquqni himoya qiluvchi idoralar tomonidan ortiqcha kuch-vosita ishlatilgan yoki ishlatilmaganligi hamda inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan axborot berish so‘raldi.
Sud-tergov jarayonlari ishtirokchilariga oid yakuniy statistik va tahliliy maʼlumotlar ochiqlanishi bilan, bu xaqda Mustaqil komissiya tomonidan jamoatchilik xabardor etiladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati