Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Jazoni ijro etish departamenti tizimida xizmat qilayotgan xodimlar uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil  etildi
2023 yilning 07 yanvar kuni Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimida xizmat qilayotgan xodimlarning huquqiy bilimlarini yana-da oshirish maqsadida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Oltinchi mintaqaviy hududga kiruvchi Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan jazoni ijro etish muassasalari shaxsiy tarkibi uchun tashkil etilgan tadbirga Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynova taklif qilindi.

Onlayn va oflayn shaklda o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotida 500 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Unda Ombudsmanning Buxorodagi mintaqaviy vakili Davlat rahbarining 2022 yilning 20 dekabridagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati haqida ishtirokchilarga tushuncha berdi.

Shuningdek, tadbirda  qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar hamda inson huquqlarini himoya qilishda Ombudsman institutining roli va asosiy vazifalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Xodimlarning bilim saviyasini yuksaltirish, kasbiy mahoratini oshirish borasidagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati