Ombudsman qabuliga 8 nafar fuqaro kelib o‘z murojaatlarini qoldirdi. Fuqarolar o‘rtasidagi nizoli holatlar va sud vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha shikoyat qilib kelgan murojaatchilarga huquqiy maslahat berildi.
Ishga tiklash, ish haqini undirish, moddiy yordam olish hamda pensiyaga oid murojaatlar nazoratga olinib, ularning ayrimlari joyiga chiqib o‘rganish uchun mintaqaviy vakillarga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, Ombudsmanga ombudsman.uz sayti orqali elektron ravishda murojaat yuborishingiz mumkin. Mazkur elektron qabulxona xizmati joriy yilning fevral oyidan boshlab test rejimida ishlamoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati