Bolalikdan 1-guruh nogironi bo‘lgan fuqaroning murojaati qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023 yil kungi 119-sonli qarorining 2-ilovasiga ko‘ra “O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga qo‘shimcha to‘lov tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.
Ushbu Nizom talablariga ko‘ra 1-guruh nogironi bo‘lgan fuqaro X.S.ga nafaqa tayinlanishi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilindi. Natijada fuqaroga 833 750 so‘m nafaqa tayinlandi.
Uning “Saxovat” internat uyida yashayotganligi sababli har oyda tayinlangan summaning 20 foizi murojaatchiga o‘tkazib berilmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati