Murojaatchining kam taʼminlangani, yolg‘iz ona ekanligi va “Ayollar daftari”da turishi eʼtiborga olinib, murojaat Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakiliga o‘rganish uchun yuborildi.
Mintaqaviy vakilning tuman hokimiyatiga murojaatidan so‘ng, fuqaro M.I.ga viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan bepul davolanishi uchun order berildi va bepul dori vositalari bilan taʼminlandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati