O‘zaro muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylovchilarga yaratilgan sharoitlar va saylovchilarning siyosiy huquqlarini taʼminlashdagi Ombudsmanning o‘rni borasida o‘zaro fikr almashildi.
Uchrashuv davomida Feruza Eshmatova Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili institutining saylov jarayonidagi ishtirokiga to‘xtaldi.
Shu kunlarda Ombudsman instituti xodimlari va uning mintaqaviy vakillari jamoatchilik tashkilotlari bilan birgalikda jazoni ijro etish muassasalariga monitoring tashriflari davomida saylash huquqiga ega bo‘lgan mahbus va mahkumlarga ularning O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti saylovida ishtirok etishi tushuntirilib, saylovga tayyorgarlik jarayonlarida inson huquqlarining to‘liq taʼminlanish holatlari o‘rganilmoqda.
Elchi U.Gachek mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarni eʼtirof etib, bu borada Ombudsmanga keng imkoniyatlar berilayotganligini taʼkidladi.
Uchrashuv davomida inson huquqlarini taʼminlash borasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida fikr almashishdi.
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati