Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bir guruh fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlari taʼminlandi - Ombudsman
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilovga Viloyatning Quvasoy shahar, “Qalacha” MFY fuqarolari mahallada qishloq vrachlik punkti bo‘lmaganligi sababli, tibbiy xizmatdan foydalanish uchun uzoq masofa bosib o‘tishga majbur bo‘layotganliklaridan shikoyat qilishdi.

Murojaatchilar  mahalla fuqarolar yig‘inining foydalanilmayotgan eski binolarini taʼmirlagan xolda QVP ochilishini so‘rab, ko‘p marotaba tegishli idoralarga murojaat qilishgani va hech qanday natija bo‘lmaganidan so‘ng, Ombudsman institutiga kelishganligini maʼlum qilishgan. Mahallaga yaqin joyda QVP bo‘lmagani yoshi kattalarga va homilador va yosh bolalari bo‘lgan ayollarga noqulaylik tug‘dirayotganligini bildirishdi.

Mazkur murojaat Ombudsman mintaqaviy  vakili tomonidan nazoratga olinib, fuqarolarga tibbiy xizmatdan foydalanishlari uchun sharoit yaratilishini so‘rab Quvasoy shahar hokimligi va Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga murojaat qilindi.

Natijada “Qalacha” MFIning eski foydalanilmayotgan binolaridan biri taʼmirlanib, Qalacha QVP tashkil etildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati