Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Buxoro futbol klubi” MCHJdan uning sobiq xodimi foydasiga 104 mln so‘m undirildi - Ombudsman
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga buxorolik fuqaro F.Fayziyev ish haqi va boshqa to‘lovlarni undirish hamda buzilgan Mexnat huquqlari bo‘yicha murojaat qildi.

Aniqlanishicha, F.Fayziyev “Buxoro futbol klubi” MCHJda 1990-2013 yillarda turli lavozimlarda ishlagan.

2013 yil futbol klubi bankrot deb topilgan. Klub rahbariyati tomonidan “Buxoro FK MCHJ o‘rniga “Buxoro PFKMCHJ tashkil etilib, klub faoliyatini davom ettiravergan. Barcha klub xodimlari va futbolchilar to‘liq yangi tashkil qilingan klubga ishga o‘tkazilgan. Biroq, klub fuqaro F.Fayziyev oldida ish xaqi va mukofot pullaridan 33.808.533 so‘m, hamda xizmat safari harajatlaridan 30.052.322 so‘m, jami 63.860.855 so‘m qarzdor bo‘lib kolgan.

F.Fayziyev “Buxoro professional futbol klubi” MCHJda  2016-2018 yillarda ham litsenziyalashtirish menedjeri lavozimida ishlagan. Ushbu davrda ham 23 oy uchun, har bir oyda 1.881.690 so‘mdan to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 43.278.870 so‘m oylik maosh pullari to‘lanmagan.

F.Fayziyev bir necha marotaba O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi huzuridagi maxsus komissiyaga yozma ravishda murojaat etib kelgan. Maxsus komissiya F.Fayziyevning arizasi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berib kelgan bo‘lsada, “Buxoro PFKMCHJ rahbariyati Fayziyev Fayzillo oldidagi qarzlarni maʼlum muddatgacha cho‘zilishini va to‘lanishini maʼlum qilgan holda, kafolat xati berib, biroq amalda to‘lovlarni amalga oshirmagan.

Murojaatchi arizasida, ish vaqtidan tashqari ham ishlagani sababli, sog‘lig‘i og‘irlashgani, Xattoki, ish vaqtida oyoqlari o‘ziga buysunmay qolib, og‘ir ahvolda tibbiyot birlashmasiga olib ketilganida shifokorlar “Insult” o‘tkazganligini yozgan.

Barcha hujjatlar o‘rganilgach, Ombudsman hozirda 2-guruh nogironi bo‘lgan F.Fayziyev manfaatida to‘lanmagan ish xaqi, xizmat safari xarajatlari va mukofot pullari va unga yetkazilgan maʼnaviy zararni undirish bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga daʼvo ariza kiritdi.

Sud tomonidan Ombudsman daʼvo arizasi qisman qanoatlantirilib, "Buxoro professional futbol klubi" MCHJdan daʼvogar F.Fayziyev foydasiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun jami 91 278 870 so‘m hamda maʼnaviy zarar uchun 10 000 000 so‘m undirilishi bo‘yicha qaror chiqardi. Viloyat appelyatsiya sudi ajrimi bilan undiriladigan jami summa miqdori 104 mln so‘mga oshirildi. Hozirda murojaatchiga 104 mln so‘m mablag‘ undirib berilgan.

  Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati