Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga Toshkent shahar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar tahlili  
2023 yilning 6 oyi davomida Toshkent shahridan jami 1 022 ta murojaat kelib tushgan.  Shundan 189 tasi iqtisodiy huquq, 157 tasi ijtimoiy huquq bo‘yicha, 112 tasi shaxsiy huquq va erkinliklar, 186 tasi fuqarolarning murojaat etish huquqlari, 66 tasi bola huquqlari, 36 tasi ekologik huquqlar  va 80 tasi boshqa masalalar bo‘yicha, shuningdek 196 ta murojaat huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatiga tegishli.

Ushbu murojaatlarning 747 tasi birinchi marotaba, 275 tasi takroriy murojaatlarni tashkil etadi. Murojaatlarning 448 tasi xotin-qizlar tomonidan, 568 tasi erkaklar tomonidan kelib tushgan bo‘lib, 6 tasi jamoaviy murojaatlarni tashkil etadi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha tashkilotlarga 2 ta taqdimnoma kiritilgan, 4 ta xulosa va sudlarga 2 ta daʼvo arizalari kiritilgan.

Murojaatlarning tumanlar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Yashnobod tumanidan 132 ta, Mirzo Ulug‘bek tumanidan 114 ta, Chilonzor tumanidan 113 ta, Shayxontohur tumanidan 109 ta, Olmazor tumanidan 
108 ta, Sergeli tumanidan 85 ta, Yunusobod tumanidan 69 ta, Uchtepa tumanidan 63 ta, Yakkasaroy tumanidan 62 ta, Mirobod tumanidan 61 ta, Yangihayot tumanidan 66 ta, Bektemir tumanidan 40 ta murojaatlarga to‘g‘ri keladi.

Toshkent shahri tumanlari bo‘yicha eng ko‘p kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganida quyidagilar aniqlandi. 

Hisobot davrida Yashnobod tumanidan jami 132 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan iqtisodiy huquq bo‘yicha 28 ta, ijtimoiy huquq bo‘yicha 17 ta, shaxsiy huquq va erkinliklar bo‘yicha 14 ta, fuqarolarning murojaat etish huquqlari bo‘yicha 9 ta, bola huquqlari bo‘yicha 8 ta, ekologik huquqlar bo‘yicha 3 ta va boshqa masalalar bo‘yicha 24 ta, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bo‘yicha 29 ta murojaatlar kelib tushgan.

Hisobot davrida Mirzo Ulug‘bek tumanidan jami 114 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan iqtisodiy huquq bo‘yicha 28 ta, ijtimoiy huquq bo‘yicha 17 ta, shaxsiy huquq va erkinliklar bo‘yicha 18 ta, fuqarolarning murojaat etish huquqlari bo‘yicha 7 ta, bola huquqlari bo‘yicha 5 ta, ekologik huquqlar bo‘yicha 1 ta va boshqa masalalar bo‘yicha 22 ta, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bo‘yicha 16 ta murojaatlar kelib tushgan.

Hisobot davrida Chilonzor tumanidan jami 113 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan iqtisodiy huquq bo‘yicha 24 ta, ijtimoiy huquq bo‘yicha 19 ta, shaxsiy huquq va erkinliklar bo‘yicha 15 ta, fuqarolarning murojaat etish huquqlari bo‘yicha 28 ta, bola huquqlari bo‘yicha 4 ta, ekologik huquqlar bo‘yicha 4 ta va boshqa masalalar bo‘yicha 11 ta, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bo‘yicha 8 ta murojaatlar kelib tushgan.

2022 yilda Toshkent shahar tumanlari bo‘yicha eng ko‘p murojaatlar Yunusobod tumanidan kelib tushgan edi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati