Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari bilan uchrashdi
2023 yilning 24 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Matilda Bogner bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda mehmonlar Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, jumladan murojaatlar bilan ishlash, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik, harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari, xalqaro hamkorlik hamda jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha faoliyati bilan tanishtirildi. Xususan, Ombudsman BMTning tegishli Qo‘mitalariga xalqaro Konvensiyalar ijrosi bo‘yicha muqobil maʼruzalar kiritib borishi taʼkidlandi.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Matilda Bogner O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, bu borada doimo hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

O‘zaro muloqot davomida O‘zbekiston hamda BMT va uning tuzilmalari o‘rtasida inson huquqlarini taʼminlash sohasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv konstruktiv muloqot hamda do‘stona ruhda o‘tdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati