Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi majlisida Ombudsmanning hisoboti dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi
Bugun, 28-fevral kuni Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda navbatdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2023-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Qo‘mita majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan 2023-yilda yangi konstitutsiyaviy qoidalar asosida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilganligi qayd etildi.

Xususan, Ombudsman nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar 2023-yilda 18 622 tani tashkil etganligi ta’kidlandi.

Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlarning 1 269 tasi mulk daxlsizligi huquqi, 895 tasi mehnat qilish huquqi, 407 tasi iqtisodiy huquqni sud orqali himoya qilish hamda 280 tasi boshqa masalalarga oid iqtisodiy huquq va erkinliklarga doir murojaatlar hisoblanadi.

Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy huquqlari kafolatlanishi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash borasida kelib tushgan 3586 ta murojaatning 344 tasi ijobiy hal etilgan.

Fuqarolarning Ombudsmanga qilgan murojaatlari asosida ularning manfaatlarida 1847,2 mln so‘mlik mablag‘larning undirilishiga erishilgan.

Muhokamadan so‘ng ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati