Murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, u “Qo‘qon yog‘-moy” AJda uzoq yillardan beri qorovul vazifasida ishlab kelgan. Korxonaning moliyaviy holati yomonlashgani sababli ishdan bo‘shagan. Lekin murojaatchining 2023-yilning noyabr va dekabr oylari hamda 2024-yilning yanvar oyi uchun ish haqi to‘lab berilmagan.
Sobiq qoravul ish beruvchiga to‘lanmagan ish xaqi bo‘yicha ko‘p marotaba murojaat qilgan bo‘lsa-da, ular eʼtiborsiz qoldirilgan.
Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, o‘rganilishi natijasida fuqaro T.I.ga 9 mln so‘mlik ish haqqi to‘lab berildi.
Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 172-moddasiga muvofiq, Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan oxirigacha olinmagan ish haqi to‘liq hisob-kitob qilinishi kerak.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati