Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Xonobod shahrida sayyor qabul o‘tkazdi
2024 yilning 22 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvohidova Xonobod shahar, “Xidirsha”, “Fozilmonota”, “Mexmonobod” mahallalarida yashovchi fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Ushbu hududdan yuborilgan murojaatlar soni oshayotgani sababli  aynan shu mahallalardagi fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi. Murojaatlar mavzusidan kelib chiqib, qabulga Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondi raisi, viloyat Kengashi deputati, “Tadbirkor ayol” Xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Andijon viloyati hududiy bo‘limi, “Hamroh” NNT vakillari va boshqa tashkilot vakillari jalb etildi.

Qabulga 40 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, o‘z murojaatlarini qoldirishdi.

Sayyor qabuldan so‘ng Xonobod shahrida “Ombudsman maktabi”tadbiri o‘tkazildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan masʼul idora vakillari ishtirokchilarni fuqarolar bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, mehnat huquqlarini himoya qilish, imtiyozli kreditlar olish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar, ularning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini kuchaytirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bepul yuridik yordam olish bo‘yicha qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirishdi.

Ochiq muloqotda 15 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlarni muddatida ko‘rib chiqmaslik uchun javobgarlik, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun subsidiya olish, kasbga o‘rgatish, ijtimoiy sohadagi imtiyozlar borasida savollariga batafsil javob berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati