Monitoring tashrifi davomida internat uyida yashovchi shaxslarning yashashi, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlari, uchrashuv va yuvinish xonalarining holati o‘rganildi.
Monitoringda internatda yashayotganlar uchun noqulayliklar tug‘dirayotgan holatlar aniqlanib, bartaraf etildi. Shuningdek, ushbu muassasada ishlovchi xodimlardan birining buzilgan mehnat huquqlari tiklandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati