Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Nogironligi bo‘lgan shaxs murojaati ijobiy hal etildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Nukus shahrida yashovchi 2-guruh guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro J.K. unga soliq idoralari tomonidan soliq imtiyozi qo‘llanilmagani bo‘yicha shikoyat qildi.

Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro J.K.ga 2020 yilda 2-guruh nogironligi berilgan bo‘lsa-da, daromad solig‘i undirilishida belgilangan imtiyozlardan foydalana olmagan. Ushbu masalada tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan, lekin natija bo‘lmagan.

Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, holat uning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. Ishga oid tegishli hujjatlar to‘planib, murojaatchidan ortiqcha undirilgan daromad solig‘ini qaytarish choralari ko‘rildi. 

Natijada 2-guruh guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro J.K.ga 4 yildan ortiq muddat uchun soliq imtiyozi qo‘llanilib, ortiqcha undirilgan soliq summasi qaytarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 380-moddasiga ko‘ra, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha soliq solishdan ozod etilishi, ushbu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida berilishi belgilangan. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati