Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bektemir tumanida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2024 yilning 25 sentyabr kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi. Fuqarolar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot uchun Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili asosida mavzu tanlanib, tegishli tashkilotlar jalb etildi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda huquqiy hujjatlari yo‘q yoki to‘liq bo‘lmagan 3 million 600 mingdan ortiq yer uchastkalari mavjud.  2024 yilning 7 avgust kuni Davlat rahbari tomonidan imzolangan «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni esa aholiga uy-joyga bo‘lgan huquqlarini eʼtirof etish uchun yaxshi imkoniyat.

Qayd etish lozimki, mamlakatimizda avval ham o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga “amnistiya” eʼlon qilingan edi.

Savol javoblarga boy tarzda o‘tgan tadbirda aholi mazkur qonunning ahamiyati, huquqlarni eʼtirof etishning asosiy shartlari, kerakli hujjatlarni to‘plash va rasmiylashtirish tartibi, ushbu yo‘nalishda jamoatchilik nazoratini o‘rnatilishi va Qonunning boshqa muhim jihatlari haqida xabardor qilindi.

Fuqarolar bilan bo‘lgan ochiq muloqotda Ombudsmanga ushbu hududdan yuborilayotgan murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, ishtirokchilarning pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni tayinlash hamda aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlashga oid savollariga batafsil javob berildi.

Shuningdek, tadbirda saylovchilarning saylovga oid bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan maʼlumotlar berildi.

Tadbirdan so‘ng, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakilining fuqarolar qabuli tashkil etilib, aholi murojaatlari qabul qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati