Konferensiya dunyo Ombudsmanlari uchun iqlim o‘zgarishi va inson huquqlarini himoya qilishdagi hamkorlikni mutahkamlashda va innovatsion yondashuvlar uchun samarali platforma vazifasini bajardi. Unda Ombudsmanning fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda davlat idoralari bilan hamkorligi, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari to‘g‘risida jamoatchilikning axborot olishiga imkon yaratish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda ko‘p tomonlama hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqilishi borasidagi xalqaro tajriba o‘rganildi.
Mazkur Forumda Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Ozarbayjon Respublikasi Ekologiya va tabiy resurslar vaziri, Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining yordamchisi, xorijiy mamlakatlarning bir qator inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari, xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Shu kuni xorijiy davlatlar Ombudsmanlari Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev qabriga gul qo‘yishib, hotirasiga hurmat bajo keltirishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati