2024-yil 5-oktabr kuni Pop tumanida joylashgan 6-son Jazoni ijro etish koloniyasida “Oshpazlik” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kursini tamomlagan mahkumlar o‘rtasida musobaqa tashkillashtirildi. Ushbu musobaqa Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili, O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi Namangan viloyati hududiy bo‘limi, Namangan viloyati “Oshpazlar” jamiyati hamda koloniya maʼmuriyati bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Mahkumlar 6 ta guruhga bo‘linib, 5 turdagi milliy va xorij taomlari va turli salatlar tayyorlashdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘oliblar aniqlanib, ularga turli sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, 1 oylik kursni tamomlagan 65 nafar mahkumga sertifikatlar topshirildi.
Shu kuni Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili Pop tumanida joylashgan 6-son Jazoni ijro etish koloniyasida yaratilgan sharoitlarni, jumladan, mahkumlarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish holatlarini o‘rganildi. Shuningdek, monitoringda nogironligi bo‘lgan mahkumlar uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi.
Mintaqaviy vakil koloniyada saqlanayotgan 400 nafarga yaqin shaxs bilan jamoaviy tartibda suhbatlashib, ular fikrlarini o‘rgandi.
Bundan tashqari, koloniyadagi “Ombudsman quti”siga kelib tushgan murojaatlar qabul qilinib, 7 nafar murojaat mualliflari yakka tartibda qabul qilindi. Sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlar nazoratga olinib, ularni hal etish choralari ko‘rildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati