Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Polshada hamyurtlarimiz bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2024-yil 5-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Polsha Respublikasiga tashrifi davomida ushbu mamlakatda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Polshada yashab ishlayotgan, o‘qiyotgan talaba-yoshlar, shu yerda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkor hamyurtlarimiz ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi elchixonasida tashkil etilgan uchrashuvda dastlab, hamyurtlarimizning Polshadagi faoliyati to‘g‘risidagi fikrlari eshitildi. Shuningdek, davra suhbatida vatandoshlar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalarda, jumladan,  ta’lim va tadbirkorlik, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarga oid savollarini berishdi. Ba’zi fuqarolar O‘zbekistondagi yaqinlarining muammosini hal qilinishida murojaat qilishdi.

Samimiy va ko‘taringki ruhda o‘tgan suhbatda Ombudsman xorijiy davlatlarda bilim olayotgan yoshlarning Vatanga qaytib, o‘z kasbiy bilimlarini mamlakat rivoji yo‘lida ishlatishlariga ishonch bildirdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati