Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovini kuzatish bo‘yicha mamlakatimizga tashrif buyurgan YEXHTning DIIHB missiyasi vakillari dastlab, umumxalq referendumi asosida yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan inson huquqlariga oid normalar hamda Ombudsmanga berilgan huquqlar bilan qiziqishdi.
Shuningdek, o‘zaro suhbat jarayonida saylovga tayyorgarlik jarayonlarida Ombudsmanning ishtiroki, saylovga oid murojaatlar, gender tengligi hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik aloqalari haqida so‘z bordi.
Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati