Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Navoiydagi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
2024-yilning 18 va 22 oktabr kunlari Navoiy viloyatining Karmana tumani va Navoiy shaxrida yashovchi aholi tomonidan ko‘tariladigan masalalarga bag‘ishlangan “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi. Unda “Hayot”, “Istiqlol”, “Guliston”, “Binokor”, “Yangiariq”, “Janubiy”, “Azamat”, “Durman”, “Qaxramon”, “Kumushkon”, “Buyuk ipak yo‘li” va “Do‘stlik” mahallalarida yashovchi fuqarolar qamrab olindi.

Uchrashuvda ishtirok etgan mas’ul idora vakillari ishtirokchilarni pensiya, ijtimoiy nafaqa va kompensatsiya to‘lovlarini tayinlash tartibi, ijtimoiy yordam olish, tibbiy xizmatdan foydalanish, sog‘liqni saqlash tizimida belgilangan imtiyozlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan qonun-hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirishdi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda ushbu hududdan Ombudsmanga yuborilgan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Aholi tomonidan berilgan barcha savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javob berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati