Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
munosabat
Bolalar Ombudsmani: bolalar himoyalangan va xavfsizligi taʼminlangan jamiyatda yashashi lozim
03 Fev
Yangihayot tumanidagi 12 yashar qizning ayanchli o‘limi barchani chuqur qayg‘uga soldi. Internet olamidagi muhokamalar, xalqning g‘azabi va albatta yoshgina qizaloqning nobud bo‘lgani mamlakatimizda bolalar xavfsizligini to‘liq taʼminlanmaganligini ko‘rsatadi.
Mustaqil komissiya sud raisidan ayblanuvchilarga insonparvarlik tamoyillari asosida jazo tayinlanishini so‘radi
30 Yan
Xabaringiz bor, 2023 yilning 31 yanvar kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha sud qarori eʼlon qilinadi.
“Human Rights Watch” tashkilotining 2022 yilgi hisoboti bo‘yicha munosabat
30 Yan
“Human Rights Watch” xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkiloti 2022 yilgi hisobotida, 2022 yilning 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan namoyishlarda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan namoyishchilarni tarqatish maqsadida haddan tashqari kuch ishlatgani oqibatida ko‘plab fuqarolar og‘ir tan jarohati olgani va baʼzilari vafot etgani aytilgan. Shuningdek, namoyishlarda 500 dan ortiq shaxslar hibsga olingani va ushbu axborot tayyorlanayotganda ularning qanchasi hibsda saqlanayotgani nomaʼlum ekanligi qayd etilgan.
Ombudsman jamoat tartibini saqlashga masʼul bo‘lgan xodimlarni xizmat paytida ortiqcha xis-hayajonga berilmaslikka chaqiradi
23 Yan
Xabaringiz bor, 2023 yilning 20 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Asaka tumanidagi gaz quyish shaxobchalaridan birida ichki ishlar organlari xodimi fuqaroga kuch ishlatayotgani tasvirlangan videolavha keng tarqaldi.
Qonun talablari va inson huquqlari –oliy qadriyat
05 Yan
Inson qadri barcha narsadan ustun. Davlat rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ushbu g‘oyaning to‘liq mujassam ekaniga guvoh bo‘ldik. Taʼlim, sog‘liqni saqlash, elektr energiya, gaz, sud-huquq, xullas aholini qiynab kelayotgan masalalarning barchasi ushbu Murojaatnomadan o‘rin oldi. Ahamiyatlisi, muammolar aniq ko‘rsatildi, takliflar ham aniq ilgari surildi.
Samarqanddagi bolalar shifoxonasida 18 nafar bola vafot etgani bo‘yicha Bolalar Ombudsmani  monitoring o‘tkazdi
26 Dek
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi bolalar shifoxonasida Dok- 1MAKS preparati sabab 15 nafar bola vafot etgani haqida maʼlumot tarqaldi.
FUQAROLAR MUROJAATLARIGA YASHIRINGAN HAQIQATLAR
09 Dek
Bir murojaat ortida bir inson taqdiri bo‘lsa, murojaatlar tahlili sohalardagi tizimli masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga kelib tushayotgan murojaatlar muntazam tahlil qilinib, qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlarni bugungi kun talabiga mos ravishda takomillashtirilishi bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda.
Jamoatchilikni qiziqtirayotgan masalalar Bosh prokuratura tomonidan ochiqlanishi zarur - Komissiya
09 Dek
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tayotgan Nukus voqealari yuzasidan sud majlisida ishtirok etgan Komissiya aʼzolarining fikrlari tinglandi. Sud jarayonlarining ochiq shaklda o‘tkazilayotgani, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tahlil qilindi va ularning Komissiya aʼzolariga bildirgan fikrlari bilan solishtirildi.
Komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha barcha sud jarayonlarida ishtirok etmoqda
06 Dek
Buxoro viloyat sudida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud majlislari bo‘lib o‘tmoqda.
3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni
03 Dek
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1992-yildagi Bosh assambleyasida 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida belgilangan. Shundan buyon butun dunyoda ushbu sana keng nishonlanib kelinmoqda. Bundan asosiy maqsad jamiyatda nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan muammolarni yaxshiroq tushunish, ularni bartaraf etish, qadr-qimmati, huquqlarini himoyalash, turmush sharoitlarini yaxshilashdan iborat.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil bolalardan sovuq kunda bezak sifatida foydalangan shaxslarga chora ko‘rishni so‘rab Qashqadaryo viloyati hokimiga murojaat qildi
02 Dek
Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda sovuq kunda bolalarni yupun kiyingan holatda maktabdan tashqari vaqtdagi tadbirga jalb etilgani haqidagi xabarlar keng jamoatchilikning o‘rinli eʼtirozlariga sabab bo‘ldi.