Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Toshkent shahridagi qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
17 Sen
2024 yilning 11-12 sentyabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyati xodimlari hamda Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili tomonidan Toshkent shahrida joylashgan Respublika klinik ruhiy kasalliklar shifoxonasi, Ichki ishlar organlarining maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonasi, Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi, “Mehr-saxovat” uyiga monitoring tashriflarini amalga oshirildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi
17 Sen
2024 yilning 17 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.
Maktablarda o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman soat”lari o‘tkazilmoqda
17 Sen
O‘quvchilarning inson huquq va erkinliklari bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan “Ombudsman soat”lari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. 
Murojaatchining fuqarolikka oid masalasi ijobiy yechim topdi
14 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga asli Qirg‘izistonda tug‘ilgan hozirda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida istiqomat qiluvchi X.M. murojaat qildi. U murojaatida uzoq yillardan beri fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maqomida yashayotganligi va muayyan huquqlardan foydalana olmayotganligini bayon qilib, O‘zbekiston fuqaroligini olishda amaliy yordam so‘ragan.
Nukusdagi 2-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan 300 nafardan ortiq shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
13 Sen
2024-yilning 13-sentabr kuni Nukus shahrida joylashgan 2-son Tergov hibsxonasida Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi  mintaqaviy vakilining tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi bilan birgalikda  mazkur hibsxonada saqlanayotgan 300 nafardan ortiq shaxslar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi 
13 Sen
2024-yilning 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning inson huquqlari sohasida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilgan takliflar hamda institutning 30 yillik yubileyi munosabati bilan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.  
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanining Vaqtincha saqlash hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarga  yetarli sharoitlar yaratilmagan-Ombudsman
13 Sen
2024 yilning 10 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Sherobod tuman Ichki ishlar bo‘limining Vaqtincha saqlash hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Andijondagi 3-son tergov hibsxonasidan yuborilgan murojaatlar o‘rganilmoqda
12 Sen
2024 yilning 11 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili G.Abduvohidova 3-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unga jamoatchilik vakillari ham jalb etildi.