Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman sud orqali xodimlarning 335 mln so‘mlik ish xaqini undirib berdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan 38 nafar fuqaroning “Usmon Yusupov Agroservis mashina traktor parki” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ish xaqi pullarini o‘z vaqtida to‘lanmayotganligi masalasida yozgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, “Usmon Yusupov Agroservis mashina traktor parki” MCHJ 2020 yil 1 avgustdan to 2021 yil 1 oktyabrgacha ishlangan davr uchun xodimlariga 335.610.914 so‘mga yaqin ish haqlarini to‘lamagan.

Vaholonki, “Uzagroservis” AJ tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat “Agroservis MTP” MCHJ rahbarlariga 2021 yil 16 sentyabr kuni yo‘llagan xatda, ishchi xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz taʼminlash maqsadida rahbarlik qilinayotgan jamiyat va qo‘yi korxonalarni ish xaqi va byudjet to‘lovlaridan mavjud qarzdorliklarini amalda ajratilayotgan g‘alla 2022 yil hosili uchun imtiyozli kredit mablag‘lari hamda boshqa manbaalar hisobidan undirish choralarini ko‘rilishini talab qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga binoan Ombudsman tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kasbi tumanlararo sudiga murojaatchilarning manfaatlarida daʼvo ariza kiritildi. Daʼvo arizasi o‘rganib chiqilib, sud buyruqlari bilan umumiy hisobda 335.610.914 so‘m miqdorida ish xaqi undirilishi va darhol ijroga qaratilishi belgilandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati