Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Namandagi mintaqaviy vakili ko‘magi bilan isteʼmolchining murojaati hal etildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Uychi tumanida yashovchi fuqaro R.I. isteʼmolchi huquqlari buzilganligi bo‘yicha murojaat qildi.

Mazkur murojaat Namangan viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘rganilganda murojaatchi R.I. 2022 yilning 7 yanvarida “UzavtomotorsAJdan 78.283.000 so‘mga “Damas” avtomashinasi sotib olish bo‘yicha tuzilgan shartnoma asosida “Chustavtotexxizmat NMCHJ yetkazib berilgani, lekin mashinada nuqson borligi aniqlangan.

Fuqaro R.I.ning mazkur kamchilik bo‘yicha tegishli mutasadi tashkilotlarga qilgan murojaati eʼtiborsiz qoldirilgan.

Mazkur murojaat Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili nazoratiga olinishi natijasida fuqaroning nuqsoni bor “Damas” rusumli avtomashinasi 26 may kuni yangisiga almashtirib berilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati