Sayyor qabul davomida shahar xududida yashovchi 9 nafar fuqaro qabul qilinib, shundan 4 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, 3 nafarining murojaatlari joyida hal etildi, shuningdek, 2 nafar fuqaroning murojaati mintaqaviy vakil nazoratiga olindi.
Jumladan, Yangiyer shahar, “Fazilat” MFYda yashovchi fuqaro Z.E. xonadonida ko‘p kishi yashayotganligini inobatga olib, uy-joy qurishi uchun tegishli bankdan imtiyozli kreditlar olish masalasida amaliy yordam berilishini so‘radi. Qabul davomida AT “Qishloqqurilish bank”ning Yangiyer shahar filiali xodimi jalb qilinib, ushbu fuqaroga kredit ajratish masalasida huquqiy tushunchalar berildi va taqdim etishi kerak hujjatlarni tayyorlash va taqdim etish tushuntirildi.
Shuningdek, sayyor qabulda fuqarolardan vizani rasmiylashtirish, uy-joy, bandlik, moddiy yordam olish kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati