Uchrashuv davomida elimiz ardog‘idagi taniqli ijod namoyondalari, kino, teatr va san’at arboblari o‘zlarining ijodiy chiqishlari bilan tadbirda ishtirok etganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlashdi.
Tadbirdan so‘ng mintaqaviy vakil tomonidan mazkur muassasalarda monitoring tashriflari o‘tkazilib, mahkumlarning yashash joylari, yuvinish xonalari, oshxona, kutubxona, maishiy xonalar, davolash bo‘limlari hamda yaqin qarindoshlar bilan uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalaridagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shu bilan bir qatorda, koloniyalarda saqlanayotgan shaxslar bilan jamoaviy tartibda suhbatlashildi. Ombudsmanning mintaqaviy vakiliga yakka tartibda murojaat qilish istagida bo‘lgan 7 nafar shaxs murojaatlari yakka tarzda qabul qilindi.
Shuningdek, muassasalarda o‘rnatilgan “Ombudsman quti”lari ko‘zdan kechirilib, undagi murojaatlar nazoratga olindi.
O‘tkazilgan monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati