Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman ilk bor yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritdi
Qayd etish joizki, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga asosan saylov huquqiga ega bo‘lgan, yuz ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar, Oliy Majlis Senati, Markaziy saylov komissiyasi bilan bir qatorda Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ham qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli ekanligi mustahkamlangan. 

Bosh Qomusimizda mustahkamlangan mamlakatimizning ijtimoiy davlat sifatidagi maqomi hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlardan kelib chiqib, ilk bor Ombudsman tomonidan  fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ularning va oila a’zolarining ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan taklifi qonunchilik tashabbusi tartibida  Parlament quyi palatasiga kiritilgan edi.

2024-yilning 6-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning "O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi qonunchilik taklifi ko‘rib chiqildi va Qonunchilik palatasi qarori qabul qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati