Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Fuqaroning ijtimoiy huquqlari masalasidagi murojaati ijobiy hal etildi - Ombudsman
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Namangan viloyatining Chust tumanida yashovchi fuqaro M.N. nogironligi bor ikki nafar opasining ijtimoiy huquqlarining ta’minlanishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaat nazoratga olinib, uni joyiga chiqqan holda o‘rganish uchun Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakiliga yo‘naltirildi.

Murojaat mintaqaviy vakil, O‘zbekiston Respublikasi Nogironlar assosiatsiyasi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mas’ul vakillari bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganildi.

Natijada fuqaro M.N.ning 2-guruh nogironligi bo‘lgan opasi malakali shifokorlar tomonidan qayta tibbiy-mehnat ekspertizasidan o‘tkazilib, unga 1-guruh nogironligi belgilandi. Shuningdek, murojaatchining yashash joyida ta’mirlash ishlarini olib borish uchun homiylar biriktirildi.

Ma’lumot uchun: 2023-yilda Ombudsmanga nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklari bo‘yicha 133 ta murojaat kelib tushgan. Ularda nogironlik guruhini belgilash, uni qayta ko‘rib chiqish, moddiy yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy imtiyozlar tatbiq etish masalalari ko‘tarilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati