Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
Rossiyadagi ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, qarovsiz va yordamga muhtoj 19 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
25 Iyu
Bugun Rossiyadan ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, qarovsiz, nazoratsiz qolib ketgan va yordamga muhtoj bo‘lgan 19 nafar bolalar tegishli mutasaddi idoralar hamkorligida O‘zbekistonga olib kelindi.
Farg‘onada ozodlikka chiqqan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi uchun davlat tomonidan yaratilgan sharoitlar haqida mahkumlarning huquqiy xabardorligi oshirildi
22 Iyu
Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 2022 yilning 22 iyul kuni Farg‘ona shahridagi 10-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkumlar bilan jamoaviy suhbat o‘tkazildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) YEXHT DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi delegatsiyasi vakillari bilan onlayn muloqot qildi
21 Iyu
Joriy yilning 20 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va YEXHT DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi delegatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Komissiya mahalla kayvonilari bilan suhbatlar o‘tkazdi
21 Iyu
Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari inson huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzish bilan bog‘liq holatlar va hodisalarni o‘rganishmoqda.
Mahkumlarning huquqlarini taʼminlash hamda qiynoqqa solish holatlarini oldini olish bo‘yicha Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
20 Iyu
2022 yilning 15 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuxrat Djurayev tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti, beshinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazida, Navoiy viloyatidagi 4,5,11,12,36 jazoni ijro etish muassasalarining 248 nafar xodimlari ishtirokida gibrid shakldagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Ombudsman ofisida BMTning Vena shahridagi Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasining (BMT GJB) odil sudlov va jinoyatchilikni oldini olish dasturi xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20 Iyu
Joriy yilning 19 iyul kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Vena shahridagi Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasining (BMT GJB) odil sudlov va jinoyatchilikni oldini olish dasturi xodimi Vera Tkachenko bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman) Kotibiyati mudiri Saidbek Azimov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘istonda o‘rganish ishlari davom etmoqda
18 Iyu
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlarga bag‘ishlandi
17 Iyu
Xabaringiz bor, joriy yilda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasiga start berilgan edi. Ushbu loyihaning birinchi o‘quv mashg‘uloti Buxoroda o‘tkazilgan.
Qoraqalpog‘istondagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha tuzilgan komissiya faoliyatiga oid rasmiy bayonot
16 Iyu
Avval xabar berganimizdek, joriy yil iyul oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha Parlament komissiyasi tuzilib, unga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova zimmasiga yuklatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qo‘shma majlisi to‘g‘risida
15 Iyu
2022 yil 15 iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Mahkumlar bayram kunlari ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil qilinishini so‘rashdi
13 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakiliga 30-son manzil-koloniyasiga amalga oshirgan monitoring tashriflaridan birida mahkumlar bayram kunlari xalq suygan sanʼatkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etishni so‘rab murojaat qilishgan edi.
Referendum o‘tkazuvchi komissiya aʼzolarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv treninglarda Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili ishtirok etdi
07 Iyu
Joriy yilning 5-6 iyul kunlari Navoiy Davlat pedagogika institutida tashkil etilgan hududiy seminar mashg‘ulotlarida Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili, Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Shuhrat Jo‘rayev ishtirok etdi.