2022 yilning 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Jizzax viloyatidagi Mintaqaviy vakili O‘tkir Jo‘rayev tomonidan Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti uchinchi mintaqaviy hudud 29-sonli Manzil-koloniyasiga qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlari qo‘llash holatlarini oldini olish maqsadida monitoring tashrifi amalga oshirildi.