Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman aralashuvidan so‘ng 40 mln so‘mga yaqin ish haqlari to‘lab berildi
31 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi fuqarolar ish haqlarini to‘lab berilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilishgan edi.
Fuqaro murojaati o‘rganiladigan bo‘ldi
30 Avg
Fuqaro Oybek Salayevning Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali yo‘llagan murojaati bo‘yicha masalaga oydinlik kiritish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq, Ombudsman masʼul xodimi murojaatchiga aloqaga chiqib, murojaat holatini o‘rgandi. Shundan so‘ng, murojaatni tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni yuborishni so‘radi va fuqaro tomonidan barcha hujjatlar Ombudsmanga yuborilganidan so‘ng, murojaat mazmunan ko‘rib chiqilishi tushuntirildi.
Probatsiya – jinoyat ishlarini ko‘rishda muqobil choralar qo‘llashning xalqaro modeli sifatida
28 Avg
Joriy yilning 27-28 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Ichki ishlar vazirligi, BMTning Demokratiya fondi (UNDEF) va “Xalqaro qamoqxonalar islohoti” xalqaro tashkilotining (PRI) Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Probatsiya – jinoyat ishlarini ko‘rishda muqobil choralar qo‘llashning xalqaro modeli sifatida” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.  
Bolalar isteʼmoli uchun faqatgina sifatli mahsulotlar olinishi shart! 
27 Avg
Xabaringiz bor ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning keng muhokamasiga sabab bo‘lgan, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining tarbiyalanuvchilarining zaxarlanishi haqidagi xabarlar tarqalgandi. Qayd etish lozimki, ushbu xabar tarqalishi zaxotiyoq Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova bolalar davolanayotgan tibbiyot muassasalariga tashrif buyurib, bolalar holidan habar olgan edi.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonning qonun ustuvorligini takomillashtirishdagi hamkorligi mustahkamlanmoqda
25 Avg
Joriy yilning 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), BMTning Demokratiya fondi (UNDEF) va “Xalqaro qamoqxonalar islohoti” xalqaro tashkilotining (PRI) Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonda qonun ustuvorligini mustahkamlash” loyihasi doirasida sud-huquq tizimida jinoyat ishlari bo‘yicha faoliyat yurituvchi mutaxassislari uchun seminar o‘tkazildi.
Farzandini maktabga borishiga to‘sqinlik qilayotgan “ota” otalik huquqidan mahrum qilindi
20 Avg
Bola huquqlari bo‘yicha vakilga ayni vaqtda Turkiya davlatida istiqomat qilib kelayotgan hamyurtimiz A.S. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Ombudsmanning Samarqanddagi vakili yordamida fuqaro arzon uy-joy bilan taʼminlandi
19 Avg
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Nurobod tumani Jom qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.D. tomonidan uning uy-joyga muhtojligi haqida murojaati kelib tushdi.
Ombudsman aralashuvidan so‘ng isteʼmolchining murojaati hal etildi
18 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Xorazm viloyatidan kelib tushgan murojaatda fuqaro yangi sotib olgan mashinasida nosozlik borligi va “UZAUTO MOTORS” AJga murojaatlari besamar ketayotgani va uning istemolchi sifatidagi huquqlari poymol etilayotganini qayd etgan.
Ombudsmanning Qashqadaryodagi mintaqaviy vakili mahkumlar bilan uchrashdi
17 Avg
Joriy yilning 10 avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʼyicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov Koson shahridagi 10-sonli jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.