Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qoraqalpog‘istonning chekka hududlarida yashovchi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
26 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili markazdan olis hududlarda joylashgan Beruniy va Ellikqalʼa tumanlarida “Ombudsman maktabi” tadbirlarini o‘tkazdi.
Buxorodagi 20-son Jazoni ijro etish koloniyasidagi mahkumlar murojaatlari qabul qilindi
25 Iyu
2024-yil 24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Xuseynova 20-son Jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Ombudsman BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi eksperti bilan uchrashdi
25 Iyu
2024 yilning 25 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) F.Eshmatova BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Qiynoqlarni oldini olish va gender zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha eksperti D.Aytxojina bilan uchrashdi.
Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Xonobod shahrida sayyor qabul o‘tkazdi
24 Iyu
2024 yilning 22 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvohidova Xonobod shahar, “Xidirsha”, “Fozilmonota”, “Mexmonobod” mahallalarida yashovchi fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
Ruhiy kasalliklar shifoxonasida fuqaroni uning roziligisiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorga “hayfsan” berildi
24 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqaro B.N. uning roziligisiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilganligi va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi bo‘yicha masʼullarga chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qildi.
Ombudsman: IIB binosiga olib ketilgan shaxsning o‘limi holati o‘rganilmoqda
21 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan IIB binosiga majburiy olib ketilgan aka-uka Dilmurod va Dilshod Yusupvaliyevlarga nisbatan kuch ishlatilganligi holati o‘rganilmoqda.
Ombudsman boshchiligida ayollar koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
20 Iyu
Davlat rahbarining 2021 yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qiynoqlarning oldini olish maqsadida Jamoatchilik guruhlari bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflarini amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Xodimga ortiqcha to‘langan mablag‘lar qay tartibda ushlanadi? Ombudsmanga yuborilgan murojaat asosida buxgalterlar jarimaga tortildi.
20 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Jizzax viloyatidan fuqaro G.I. va bir necha nafar fuqarolarning jamoaviy murojaati kelib tushdi. Unda murojaatchilar oylik maoshlari noqonuniy tartibda ushlab qolinganini bildirib, mehnat huquqlarining tiklanishini so‘rashgan.
Navoiyning Xatirchi tumanidan yuborilgan murojaatlar tahliliga asosan fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi
19 Iyu
Navoiyda fuqarolarni mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlardan, ijtimoiy sohada aholiga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbirlari o‘tkazildi. Ularda Xatirchi tumanidagi “Tamabaxrin”, “Aqovli” “Bog‘chakalon” va “Istiqlol” mahalla aholisi ishtirok etdi.