Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman boshchiligida penitensiar muassasalariga o‘tkaziladigan monitoring tashriflarini rejalashtirish va o‘tkazish metodologiyasi
26 Dek
2023 yilning 25-26 dekabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizm doirasida penitensiar muassasalariga monitoring tashriflarini rejalashtirish va o‘tkazish metodologiyasi” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Sirdaryodagi Maxsus qabulxona sharoitlari o‘rganildi
22 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Mirzaobod tumanidagi Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Samarqanddagi hushyorxonalarda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha vazirlikka Ombudsman taqdimnomasi kiritildi 
21 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili va Ombudsman huzuridagi jamoatchilik guruhlari tomonidan Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining tuman va shaharlar tibbiyot birlashmalari tarkibida tashkil etilgan mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tumanlararo (Urgut, Toyloq, Ishtixon, Paxtachi, Payariq, Bulung‘ur tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahri) punktlariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Navoiyda tashkil etilgan “Ombudsman maktabi” tadbiri ushbu hududdan yuborilgan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga bag‘ishlandi
19 Dek
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman BMT tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazdi
16 Dek
BMT tomonidan Jenevada o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida joriy yilning 15 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova BMTning Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha turlarini bartaraf etish qo‘mitasi aʼzosi Karolina Xarvey bilan uchrashdi.
Andijondagi maxsus qabulxonada harorat qay darajada?
15 Dek
2023 yilning 13 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijondagi mintaqaviy vakili Viloyatdagi Maʼmuriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun Maxsus qabulxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Nogironligi bo‘lgan bolalar o‘rtasida “Huquq bilimdoni” Ombudsman viktorinasiga start berildi
15 Dek
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga teng imkoniyatlar yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini taʼminlash O‘zbekiston uchun muhim masalalardan hisoblanadi. 2021 yilda BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi ratifikatsiya qilinishi bilan bu davlatning xalqaro majburiyatiga aylandi. Shu nuqtai nazardan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) imkoniyati cheklangan shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish va ular huquqlarini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratadi va ular muntazam tahlil qilib boriladi.
Ombudsmanning inson huquqlarini taʼminlash borasidagi xalqaro hamkorligi mustahkamlanib bormoqda
15 Dek
2023 yilning 14 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Jenevaga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etilgan brifing hamda "O‘zbekiston: Markaziy Osiyo marvaridi" nomli kitob taqdimotida ishtirok etdi.
Ombudsman o‘rinbosari navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
15 Dek
2023 yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari Bekzod Narimanov fuqarolar qabulini o‘tkazdi.