Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
01 Iyu
Joriy yilning 30 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova fuqarolar murojaatlarini shaxsan qabul qildi.
Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari R. Mahmudovaning Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I forumining ahamiyati haqidagi fikri 
01 Iyu
Forum doirasida Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlari o‘rtasida memorandumlar hamda Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
O‘zbekiston va Turkmaniston Ombudsmanlari uchrashishdi
01 Iyu
Shu kunlarda, Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I-forumi doirasida qator xalqaro uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Jumladan, 2022 yilning 1 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Turkmaniston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakili - Ombudsmen Yazdursun Gurbannazarova bilan uchrashdi.
Bolalar huquqlarini himoya qilishda xalqaro hamkorlik
30 Iyu
Joriy yilning 30 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) binosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili Aliya Yunusova hamda Turkmaniston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakili-Ombudsmen Yazdursun Gurbannazarova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Samarqand viloyatiga tashrif buyurishdi
29 Iyu
2022 yilning 29 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I-forumi doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Ombudsmanlaridan iborat delegatsiya aʼzolarining Samarqand viloyatiga tashrifi amalga oshirildi.
Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya  ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat mintaqaviy filialidagi sharoitlar o‘rganildi
28 Iyu
2022 yil 24 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili  Shuhrat Jo‘rayev Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya  ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filialida davolanayotgan shaxslar uchun yaratilgan shart -sharoitlarni o‘rgandi.
Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I-forumi o‘tkazildi
28 Iyu
2022 yilning 28 iyun kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Xalqaro qamoqxonalar islohoti (PRI) tashkilotlari bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I-Forumi o‘tkazildi. Mazkur forum “Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining inson huquq va erkinliklarini
Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili chekka xududlardagi mahallalarda sayyor qabullar tashkil etmoqda
27 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Sirdaryo viloyatdagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanalararo sudining sudyasi S.Mirzaboyevlar viloyat markazidan uzoqda joylashgan qishloq va ovullarda fuqarolarni o‘ylantirib kelayotgan muammo, masalalarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazyapti. Ularning navbatdagi 2022 yilning 23 iyun kuni Mirzaobod tumanining Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.
Hurmatli jurnalist va blogerlar, sizni 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan muborakbod etamiz!
27 Iyu
Mamlakatda so‘z erkinligini taʼminlash bu – inson huquqlarining boshqa turlari uchun poydevor qo‘yish demakdir. Yurtimizda OAV erkinligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati va uning natijalariga eʼtibor qaratsak ijobiy natijalarga guvoh bo‘lamiz. Masalan «Chegarasiz reportyorlar» (RSF) xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan tuziladigan «Jahon matbuoti erkinligi» indeksining 2022 yilgi reytingida O‘zbekiston 2021 yilga qaraganda 24 pog‘onaga ko‘tarilgan.