Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Mahkumni tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmagan deb topish masalalari Ombudsman mintaqaviy vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda
24 Dek
Ma’lumki, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlash yuzasidan tegishli komissiya faoliyat yuritmoqda. Komissiya tarkibida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari, xalq deputatlari va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etishmoqda.
2024 yilda Namangandagi 310 nafar mahkum kasb-hunarga o‘rgatildi
23 Dek
Xabaringiz bor, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan viloyatdagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda. 2024 yil yakunlariga ko‘ra, Namangandagi jazo muddatini o‘tayotgan 310 nafar mahkumlar o‘z qiziqishlari bo‘yicha kasb-hunarga o‘rgatildi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqishda sun’iy intellekt: Finlyandiya tajribasi
19 Dek
2024-yil 16-18 dekabr kunlari Finlyandiyaning Helsinki shahrida joylashgan Helsinki universitetida O‘zbekiston Parlamenti Ombudsmani xodimlari uchun sun’iy intellektning inson huquqlarini himoya qilishdagi roliga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. 
Namangandagi bir qator harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga monitoring tashriflari o‘tkazildi
18 Dek
Shu kunlarda harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarning qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan monitoring tashriflari amalga oshirilmoqda. Joriy haftada Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan qator yopiq muassasalar, jumladan, Namangan viloyati ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus qabulxona, Namangan shahar hamda Uchqo‘rg‘on, Uychi, Mingbuloq, Pop va Chust tumanlarida joylashgan vaqtinchalik saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Toshkentda inson huquqlarini taʼminlashga oid masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
17 Dek
2024-yil 17-dekabr kuni Toshkent shahrida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning inson huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi vazifalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Qish mavsumida yopiq muassasalarda saqlanuvchi shaxslarning yashash sharoitlari o‘rganilmoqda
13 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan respublika bo‘ylab harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalardagi sharoitlar, ayniqsa, ularning qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.
Sobiq eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragan qiz haqidagi xabar bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot
13 Dek
2024 yilning 29 iyul kuni Sobiq eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragan qiz holati Ombudsman tomonidan o‘rganilayotgani bo‘yicha munosabat eʼlon qilingan edi.
Xorazmda inson huquqlarini taʼminlashga oid masalalar muhokama qilindi
11 Dek
2024 yil 10 dekabr kuni Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi hamda Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi. Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida o‘tkazilgan tadbir “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning inson huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi vakolatlari” mavzusiga bag‘ishlandi.
Xorazm viloyatidagi qator yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
11 Dek
2024 yilning 10 dekabr kuni Ombudsman jamoatchilik vakillari bilan birgalikda  Xorazm viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirdi. Jumladan, 11-son tergov hibsxonasidagi sharoitlar,  mahbuslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, isitish tizimi va boshqa holatlar o‘rganildi. Monitoring doirasida voyaga yetmaganlar va ayollar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari o‘rganildi hamda mahbuslarning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazildi.