2021 yil Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti tarixida salmoqli o‘ringa ega bo‘ldi. Joriy yilda Davlat rahbarining tegishli qaror va farmonlari bilan Ombudsman institutining inson huquq va erkinliklarini taʼminlanishidagi o‘rni va vakolatlari yana-da kengaytirildi. Qolaversa, Ombudsman faoliyatining ochiqligini taʼminlash, murojaatchilar bilan ishlash, qiynoq holatlarini bartaraf etish, qonun hujjatlarini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlik borasidagi ish samaradorligi 2,5 barobarga oshdi.