O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti, IIV, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda mamlakatimizdagi jazoni ijro etish muasasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar orasida fuqarolik pasportiga ega bo‘lmagan, shuningdek, pasportining amal qilish muddati o‘tgan shaxslarni aniqlab, ularni yangi namunadagi ID-kartalar bilan taʼminlash maqsadida bir necha Jazoni ijro etish koloniyalarida uchrashuvlar tashkil etildi.