Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
OMBUDSMAN: BARCHA XOTIN-QIZLAR DAVLAT HIMOYASIDA
26 Apr
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali xotin-qizlarga nisbatan turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlik, ruhiy va jismoniy tazyiqlar o‘tkazilayotgani, ularni o‘z joniga qasd qilish darajasiga olib borilayotgani bilan bog‘liq nohush xabarlar ko‘p tarqalmoqda. Bir narsa aniqki, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari aslida bundan-da ko‘p bo‘lishi mumkin. Buni inkor eta olmaymiz. Chunki, o‘zbek ayoli qanchalik qiynalsa ham, uni ijtimoiy tarmoqlar u yoqda tursin, hatto mahalla-ko‘y, tanish-bilishlariga ham oshkor etishni istamaydi.
4-kursga o‘tmagan 6 nafar talaba Ombudsman aralashuvi bilan o‘qishga tiklandi
23 Apr
Joriy yilning fevral oyida Buxoro viloyati, Buxoro tumanidan fuqaro R.Subxonov Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti talabalaridan olingan imtihon natijalaridan norozi ekani, nabirasi A.Raxmonov va yana besh nafar talabalarga qayta imtihon topshirish imkoniyati berilishini so‘rab murojaat qilgan.
Ombudsman: Soxta ariza bilan lovozimidan chetlashtirilgan xodim o‘z ishiga tiklandi
22 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan soxta ariza bilan boshqa ishga o‘tkazilgani bo‘yicha murojaat kelib tushdi.
Fuqarolarning egalik huquqlari tiklandi
21 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yashovchi 84 nafar fuqarolarning yerga egalik huquqlarini himoya qilish bo‘yicha murojaati kelib tushgan edi.
Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili yordamida fuqaroning turar joyi qayta qurib berilmoqda
21 Apr
Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Mintaqaviy vakili, Zuxra Reymova Nukus shaxridagi “Shimbay shayxana” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan uchrashuv o‘tkazganida, fuqaro, II guruh nogironi P.Q. oila aʼzolari bilan og‘ir sharoitda  yashab kelayotgani va uning boshpanasini qayta qurib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil tanqid qilgan mehribonlik uyi direktori hamda ombor mudiri ishdan olindi
20 Apr
Xabaringiz bor kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) rasmiy saytida  "Bola huquqlari bo‘yicha vakil: Kitob tumanidagi 5- Mehribonlik uyini tugatish kerak! Bolalar juda yomon sharoitda yashashmoqda" sarlavhali xabar eʼlon qilingan edi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil: Kitob tumanidagi 5- Mehribonlik uyini tugatish kerak! Bolalar juda yomon sharoitda yashashmoqda
17 Apr
Bola huquqlari bo‘yicha vakil joriy yilning 12-15 aprel kunlari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida xizmat safarida bo‘lib qaytdi. Xizmat safari 2021 yil 15 mart kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning qonuniy asoslarini yana-da mustahkamlash masalasini kompleks o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil: Navoiydagi ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalarning 30 nafari ko‘z jarrohligi va konservativ davoga muhtoj
16 Apr
Navoiy viloyati ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasasi 1958 yilda qurilgan. 2015 yilda rekonstruksiya qilingan. 120 o‘ringa mo‘ljallangan. 122 nafar tarbiyalanuvchi mavjud. 60 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxonada 101 nafar bola joylashtirilgan. 20 o‘rinli maktabgacha tayyorlov guruhi mavjud. 121 nafar bola taʼlim olmoqda. Oshxona 80 o‘ringa mo‘ljallangan.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil: ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 239 nafar tarbiyalanuvchi eshitish apparatlariga muhtoj
16 Apr
Karmana tumanidagi kar va zaif eshituvchi bolalarga taʼlim tarbiya beruvchi 25-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati binosi 1958 yilda qurilgan. Moslashtirilgan bino. 180 o‘rinli o‘quv binosi va 100 o‘rinli yotoqxona binosining qurilishi 2021 yilda rejalashtirilgan, lekin qurilish ishlari boshlanmagan.