Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Namanganning chegara hududida sayyor qabul o‘tkazildi
19 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan viloyat markazidan olisda bo‘lgan chegara hududida aholi bilan sayyor qabul tashkil  etildi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil farzandiga zo‘ravonlik qiluvchi “ota-ona”larga bolalar davlat himoyasida ekanini eslatib qo‘ydi
18 Iyu
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati shifoxonalaridan birida sodir bo‘lgan voqea, yaʼni ona o‘z kasalmand bolasini ayovsiz kaltaklayotgani tasvirlangan video barchani larzaga soldi. Bu bizga maʼlum bo‘lgan holatlardan biri xalos. Lekin, to‘rt devor orasida yashirincha sodir bo‘layotgan holatlar ham bor ekanini barchamiz bilamiz. Afsuski, jamiyatda befarqlik kayfiyatining borligi sabab, bolalarga nisbatan qilinayotgan zo‘ravonlik holatlariga qo‘l siltab, “menga nima” qabilida ish ko‘radiganlar ham yo‘q emas.
Farg‘onadagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning Ombudsmanga murojaati ijobiy hal etildi
17 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsmanga) Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, Turkiston ko‘chasida yashovchi 1-guruh nogironi bo‘lgan ayol N.O. murojaat qilib, tumandagi tibbiy xodimlar xizmatidan norozi ekanligi, o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmayotgani, dori-darmon bilan taʼminlanmayotganini bildirgan. Shuningdek, unga moddiy yordam ko‘rsatilmayotganidan ham shikoyat qilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman YEXHT DIIHB delegatsiyasi bilan uchrashdi
16 Iyu
2022 yilning 16 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Ouen Merfi boshchiligidagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YEXHT DIIHB) delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova ham ishtirok etdi.
Toshkent viloyatidagi 44 nafar mahkumga insonparvarlik dalolatnomalarini qo‘llash haqida sudga iltimosnoma yuborildi
16 Iyu
2022 yilning 1 iyun kuni 7-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlarning insonparvarlik dalolatnomalarini qo‘llash masalasidagi murojaatlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili Rustam Kamalov ishtirokida ko‘rib chiqildi.
 Navoiyda aholining Ombudsman faoliyati haqida huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi
15 Iyu
Navoiy shahridagi «Yoshlar markazi»da Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda Navoiy viloyati Oila va xotin - qizlar  boshqarmasi hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)” to‘g‘risidagi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘istondagi maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar saqlanadigan maxsus qabulxonada o‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha berilgan tavsiyalar inobatga olindi
14 Iyu
2022 yil 25 may kuni Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Jenisbay Shlimbetov Nukus shahridagi maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar saqlanadigan maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslarning shart-sharoitlarini o‘rgandi.
Ombudsmanning Surxondaryodagi mintaqaviy vakiliga Sheroboddagi manzil-koloniyada saqlanuvchi 10 nafar shaxs murojaat qildi
14 Iyu
2022 yil 30 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Abdurashid Artikov Sherobod tumanidagi 41-son Manzil-koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Ushbu koloniya ayol va erkak mahkumlarning jazo o‘tashiga mo‘ljallangan. Ayol mahkumalar erkak mahkumalardan alohida saqlanadi.
Xalqparvar davlat barpo etish, inson qadrini ulug‘lash taraqqiyotimizning bosh mezoni
13 Iyu
2022 yil 9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Xalqparvar davlat barpo etish, inson qadrini ulug‘lash taraqqiyotimizning bosh mezoni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.