Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov Uchko‘prik tumani Poloxon qishlog‘ida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Normurodov Murodulla Tog‘ayevich – Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili lavozimiga tayinlandi.
Kamilov Alisher Odilovich – Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili lavozimiga tayinlandi.
2022 yilning 10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning global alyansining yillik yig‘ilishida ishtirok etdi. Mazkur yig‘ilish inson huquqlarini taʼminlash sohasida faoliyat yuritadigan milliy institutlar faoliyatini yangi ilg‘or texnologiyalardan samarali foydalangan holda tashkil etish hamda Ombudsmanlarning o‘zaro tajriba almashish masalalariga bag‘ishlandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat.Alimov hududdagi 8-son tergov hibsxonasida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan mahbuslarning sharoitlari bilan tanishdi.
Husanov Diyor Sheraliyevich – Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Qarshi shahrida yashovchi fuqaro N.Sh. murojaat qilib, Qarshi shahar “Suvtaʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatning ishchisi bo‘lganligini va asossiz ishdan bo‘shatilganligini qayd etdi.
Xuseynova Abira Amanovna – Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili lavozimiga tayinlandi.
2022 yil 9 mart kuni Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, ekspertlar, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.