Xabaringiz bor, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida fuqaro Farida Rashidova tomonidan Navoiy shahrida joylashgan 32-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti sharoitlari xarob, isitish tizimi ishlamayotgan bo‘lsada, bolalarni tarbiyalash davom etayotganligi, ushbu muammolar yuzasidan masʼullarga murojaat qilishgan bo‘lsada, hech qanday amaliy harakat qilinmaganligi bo‘yicha xabar qoldirilgan edi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchi o‘z xabarida muammoni hal etishda yordam berilishini so‘rab murojaat qilgan edi.