Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Nogironligi boʻlgan bolalarning oilaviy muhitga boʻlgan huquqlarini kafolatlashimiz zarur
29 Dek
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 22-fevral kuni BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida imkoniyati cheklangan shaxslarning oʻz qobiliyatini toʻla roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha Mintaqaviy kengash tuzish taklifini xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga havola etar ekan, Oʻzbekistonda alohida ehtiyojga ega boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlagani bejiz emas.
Ombudsman sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha yuborilayotgan murojaatlarni ochiqladi
24 Dek
Joriy yilning 23 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligining “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi hamda “Yo‘l xaritasi”ning tegishli bandlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.
Ombudsman huzuridagi Milliy preventiv mexanizm faoliyati yanada kuchaytirildi
23 Dek
Inson huquqlarini taʼminlash, qiynoqlarga qarshi kurashish masalalasi juda keng hamda doimiy izlanish va o‘rganishni talab qilgani uchun ham dunyo hamjamiyati ushbu illatga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirish, xalqaro miqyosda bajarilishi majburiy bo‘lgan normalarni ishlab chiqish yo‘lidan bormoqda.
O‘zbekiston raisligidagi Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti yakunlandi
22 Dek
Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy forumda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotiga raisligi yakunlari sarhisob qilindi.
Ombudsman fuqaro murojaati yuzasidan vazirlikka taqdimnoma kiritdi
21 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani, Navro‘z MFYda yashovchi 25 yoshli fuqarodan murojaat kelib tushdi.
Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashda xotin-qizlarning roli
20 Dek
Bugun poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Fuqarolik jamiyati ayollar tashkilotlari ishtirokida “Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashda xotin-qizlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi BMTning 1325-sonli rezolyutsiyasini amalga oshirish” mavzusidagi mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tmoqda.
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
17 Dek
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida Ombudsman manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilg‘or xalqaro tajribani o‘rgangan holda yangi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqdi. Amaldagi Qonun 1997 yilda qabul qilinib, bugungi kunga qadar unga to‘rt marotaba o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. Qonun 22 ta modda va 10 ta prim moddadan iborat bo‘lib, undagi eskirgan normalarni hozirgi davr talablaridan kelib chiqib yangi normalar bilan to‘ldirish hamda o‘zgartishlar kiritish, xususan Farmon bilan Ombudsman institutiga berilayotgan qo‘shimcha vakolat va vazifalarni hisobga olgan holda qo‘shimcha moddalar bilan to‘ldirish nazarda tutilmoqda.
Ombudsmanning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
16 Dek
2021 yilning 15 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
“Bolalar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
16 Dek
Joriy yilning 14-15 dekabr kunlari Bolalar Ombudsmani, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Bosh prokuratura hamda YEXHT hamkorligida “Bolalar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.