Joriy yilning 20-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi “Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘grisida”gi qarori ijrosini ta’minlash, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalaridagi voyaga yetmaganlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari – Bolalar Ombudsmani bilan hamkorlikda “Voyaga yetmaganlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish” maqsadida, O‘RIIV huzuridagi JIED birinchi mintaqaviy xudud 24-son tarbiya koloniyasida “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilingan kuni ” munosabati bilan Xans Kristian Andersen qalamiga mansub, kattalar uchun yozilgan “Qirolning yangi libosi” hajviy spektakli asosida tarbiyalanuvchilar ishtirokida sahna asari yaratildi. Ushbu spektakl “O‘zbekiston yosh tomoshabinlar teatri” tomonidan sahnalashtirildi.