Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul yuridik xizmat ko‘rsatish mexanizmlari mustahkamlandi
29 Iyu
Joriy yilning 28-29 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti hamda USAIDning O‘zbekistondagi sud-huquq islohoti bo‘yicha dasturi bilan hamkorlikda “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga huquqiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirishda davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik yo‘nalish va mexanizmlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Qiynoq holatlarini aniqlash tizimi takomillashtirildi
26 Iyu
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-iyun kuni “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Feruza Eshmatova Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansining V-yig‘ilishida ishtirok etdi
24 Iyu
Joriy yilning 24 iyun kuni O‘zbekiston Parlamenti Ombudsmani Moskva shaxrida "Yevroosiyo mintaqasida nogironlar huquqlarini himoya qilishning dolzarb muammolari bo‘yicha xalqaro eng ilg‘or tajribalar almashinuvi" mavzusida o‘tkazilgan Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansining V-yig‘ilishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
Ombudsman: Nogironligi bo‘lgan shaxsga yangi uy qurib berildi
23 Iyu
Kuni kecha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shaxridagi “Shimbay shayxana” MFYda avariya holatidagi haroba boshpana o‘rniga yangi uy qurish bo‘yicha ishlar yakunlandi. Roppa rosa bir oy avval, Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Zuxra Reymovaga murojaat qilgan fuqaro, arizasida o‘zi II guruh nogironi ekanligi va oila aʼzolari bilan avariya holatidagi turar-joyda yashayotganligini yozgan edi.
Ombudsmanning Xorazmdagi mintaqaviy vakilini bilasizmi?
22 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jami 14 ta mintaqaviy vakili mavjud. Ular hududlar kesimida fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tiklashda Vakilga ko‘maklashadilar.
Misrga amalga oshirilgan tashrif tafsilotlari
21 Iyu
Xabaringiz bor, Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Misr Arab Respublikasiga tashrif buyurgan edi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Misrdagi yurtdoshlarimizning yashash sharoitlarini o‘rganmoqda
15 Iyu
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) - Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Misr Arab Respublikasida bo‘lib turishibti.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Misr Parlamenti aʼzolari bilan uchrashdi
15 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari - Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Misr Senatining inson huquqlari va ijtimoiy birdamlik qo‘mitasi raisi, senator Muhammad Ahmad Abdusalom Xaybat bilan uchrashishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti o‘rtasida memorandum imzolandi
14 Iyu
Joriy yilning 14 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti o‘rtasida memorandum imzolandi.