Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari - Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova boshchiligida Bola huquqlarini taʼminlash sektori xodimlari joriy yilning 6-9 aprel kunlari Navoiy viloyatidagi bolalar haqida g‘amxo‘rlik qilish va ularni himoya qilish uchun masʼul bo‘lgan muassasalar, xizmatlar, organlar, shu jumladan taʼlim, tibbiyot muassasalarida bola huquqlariga oid qonun xujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan monitoring tashriflarini amalga oshirishdi.