Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Niderlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bilan uchrashdi
07 Okt
Joriy yilning 7 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Niderlandiya Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Xilles Besxoor Plux va siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi Timen Kauvenarlar bilan uchrashdi.
Probatsiya xizmati faoliyatida inson huquqlarining taʼminlanishi hamda o‘zaro hamkorlik
06 Okt
Joriy yilning 6 oktyabr kuni “Yuksalish” umummilliy harakati majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Probatsiya xizmati faoliyatida inson huquqlarining taʼminlanishi hamda o‘zaro hamkorlik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Fuqarolar qabulida Ombudsmanga qanday murojaatlar kelib tushdi?
01 Okt
Joriy yilning 30 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Insoniyatning buguni va ertangi farovonligiga yo‘naltirilgan muhim tashabbuslar
01 Okt
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiningyaqindabo‘lib o‘tgan 76-sessiyasi o‘z mazmuni va dolzarbligi jihatdan tarixiy ahamiyat kasb etdi. Koronavirus pandemiyasi, misli ko‘rilmagan iqlim muammolari, Afg‘onistonda hokimiyat o‘zgarishi va boshqa inqirozlar davlatlar o‘rtasida muntazam muloqotni kuchaytirish muhimligini anglatmoqda. Zero, BMT Boshkotibi Antonio Gutereshning so‘zlariga ko‘ra, insonlarda ishonch va umidni o‘yg‘otish uchun mamlakatlarning hamkorligi, muloqoti va o‘zaro tushunishi muhimdir.
Ombudsman jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan muborakbod etadi
30 Sen
Mehribon ustoz, talabchan murabbiy, tajribali o‘qituvchi. Albatta har birimizni mana shunday sifatlar bilan tilga oladigan ustoz va murabbiylarimiz bor. Ularning taʼlim-tarbiyasi, tanbehi baʼzi paytlarda esa o‘ta talabchanligi bizni hozirgi darajaga erishishimizda muhim va salmoqli o‘ringa ega.
“Ombudsman klubi”ga aʼzo bo‘lmoqchi bo‘lgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
27 Sen
Joriy yilning 27 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mutaxassislari ishtirokida Toshkent davlat yuridik universitetida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Gurlan tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
27 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Xamro Bektemirov joriy yilning 25 sentabr kuni viloyatdagi chekka hududlaridan biri hisoblangan Gurlan tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Ombudsman qiynoqqa solish holatlarini o‘rganish maqsadida Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi
27 Sen
Joriy yilning 23–25 sentyabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova boshchiligidagi jamoatchilik guruhi aʼzolari, senator, Ombudsmanning mintaqaviy vakili Xorazm viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda qiynoqqa solish holatlarini o‘rganish maqsadida monitoring tashriflarini o‘tkazdi. 
Ombudsman: Qoraqalpog‘istonda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirishda fuqarolardan 5 mln so‘m ortiqcha jarima undirilgan
22 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpog‘istondagi mintaqaviy vakili Qoraqalpog‘iston  Respublikasi Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bilan birgalikda 2020 yil yanvardan 2021 yil iyul oyigacha bo‘lgan muddatda tuman (shahar) Ichki ishlar bo‘limlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan fuqarolikni rasmiylashtirishga oid ish yurituvi tanlov yo‘li bilan o‘rganildi.