Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Parlament komissiyasida Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2023 yildagi faoliyati bo‘yicha hisoboti eshitildi
09 Fev
2024 yilning 9 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi hamda Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo‘yicha Parlament komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2023 yildagi faoliyati bo‘yicha hisoboti eshitildi.
Andijonning chekka hududida yashovchi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi va tibbiy ko‘rik tashkil etildi
08 Fev
Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdir. 2022 yilda uning hududlardagi mintaqaviy vakillari ish boshlashi bilan respublikaning chekka hududlariga borib, fuqarolar muammolarini o‘rganish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan navbatdagi sayyor qabul viloyatning Andijon tumani, “Yuksalish” MFYda o‘tkazildi. Unda fuqarolar maishiy gaz baloni, dehqonchilik uchun yer ajratish, bank krediti, farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi faktni tasdiqlash bilan bog‘liq masalalarda murojaat qilishdi.
“Sharmanda taxtasi” bo‘yicha Ombudsman munosabat bildirdi
07 Fev
Kun.uz saytida bugun, 2024 yil 7 fevral kuni “Navoiyda “Sharmanda taxtasi” paydo bo‘ldi” sarlavhada xabar eʼlon qilindi.
Aliment to‘lamaslikning oqibati jinoiy javobgarlik bilan tugashi mumkin-Ombudsman
06 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga aliment to‘lamagani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan sudlanuvchi P.D. o‘ziga tayinlangan jazoni yengillashtirish bo‘yicha murojaat qildi.
Ishga tiklash bo‘yicha sud qarori Ombudsman aralashuvidan so‘ng ijro etildi
05 Fev
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Namangan viloyatidan fuqaro B.R. sud qarori bilan ishga olinishi belgilangan bo‘lsada, uning ijro etilmayotgani bo‘yicha murojaat qildi.
Toshkent shahar prokuraturasidagi qiynoq haqidagi xabar Ombudsman tomonidan o‘rganilmoqda
03 Fev
Joriy yilning 02 fevral kuni Aspekt24ning you tube ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida “Toshkent shahar prokuraturasida deputatni qiynoqqa solishdimi” sarlavhasi ostida videoxabar tarqaldi.
“Huquq bilimdoni”  Ombudsman viktorinasi g‘oliblari taqdirlandi
02 Fev
2024 yilning 2 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “Huquq bilimdoni” Ombudsman viktorinasining yakuniy II bosqichi o‘tkazildi.
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
31 Yan
2024 yilning 31 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Nukusdagi tergov hibsxonasiga qayta monitoring: IIVga kiritilgan Ombudsman xulosasida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etildimi? 
31 Yan
2024 yilning 26 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili va Ombudsman huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan Nukus shahrida joylashgan 2-son Tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.